09/01/2024

2023-yil 1-dekabr holatiga So‘x tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1 512 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,4 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 1181 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar - 222 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 147 ta
Sanoat – 209 ta
Qurilish – 75 ta
Savdo – 435 ta
Tashish va saqlash – 29 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 31 ta
Axborot va aloqa – 9 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 33 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 213 taga to‘g‘ri keldi.

Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 401 ta
Xususiy korxonalar - 460 ta
Oilaviy korxonalar – 123 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 7 taga to‘g‘ri keldi.