Joriy yilning 9-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda Farg‘ona shahridagi “Soy bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan mahallada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shu bilan birga mazkur mahallaning raqamlanmagan xonadonlariga raqamlarni ilish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olishning afzaliklari, mazkur jarayonning maqsadi va vazifalari haqida targ‘ibot va tashviqot ishlari ham olib borildi.
Axborot xizmati.
10/01/2024