10/01/2024

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi jamoasi nomidan Sizni tugʻilgan kuningiz bilan chin dildan muborakbod etamiz. Sizga uzoq va mazmunli umr, oilaviy baxt-saodat, mustahkam sogʻlik tilaymiz.

Statistika tizimida bor kuch va salohiyatingizni ayamay, qilayotgan fidokorona mehnatlaringizni doimo qadrlagan holda kelgusi ishlaringizda omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Sizga mana shunday shijoat va qalbi qaynoqlik, oilaviy farovonlik, shodu-xurramlik, dunyodagi barcha xursandchilik va quvonchli onlar doimiy hamrohingiz boʻlishini Yaratgandan soʻraymiz. Yana bir bor tavallud kuningiz muborak boʻlsin!