2023- yil yanvar-noyabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati Xitoy Xalq Respublikasiga 5,4 mln. AQSh dollariga teng 7,3 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishga erishdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 ming tonnaga ko‘pdir.