10/01/2024

Joylarda uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazishning maqsad va vazifalari va ularning ahamiyatiga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etilmoqda. Xususan, ana shunday seminar Beshariq tumaniga qarashli " Chorbog‘" mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida ham bo‘lib o‘tdi. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi U.Turg‘unova tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun mazkur tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligi haqida tushuncha berildi.