10/01/2024

2023-yil 1-dekabr holatiga Qo‘qon shahrida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 7 155 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda 11,3 %ga oshganini ko‘rsatmoqda.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 4 655 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar – 765 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 56 ta
Sanoat – 997 ta
Qurilish – 256 ta
Savdo – 1 667 ta
Tashish va saqlash – 206 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 238 ta
Axborot va aloqa – 82 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 138 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 1 015 ta

Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 3 280 ta
Xususiy korxonalar – 380 ta
Oilaviy korxonalar – 386 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 57 taga to‘g‘ri keldi.\