11/01/2024

2023-yil 1-dekabr holatiga Dang‘ara tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 3 035 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 10,4 %ga oshgan.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 2 046 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar – 341 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 128 ta
Sanoat – 469 ta
Qurilish – 100 ta
Savdo – 778 ta
Tashish va saqlash – 51 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 91 ta
Axborot va aloqa – 21 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 41 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 367 ta

Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 1 194 ta
Xususiy korxonalar – 262 ta
Oilaviy korxonalar – 324 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 17 taga to‘g‘ri keldi.