11/01/2024

Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2024- yil 1- yanvar holatiga 36,5 mingtaga yetdi. 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 123,7 foizni tashkil etdi.

Shundan:
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 1 755 ta
Sanoat – 7 797 ta
Qurilish – 2 948 ta
Savdo – 14 584 ta
Tashish va saqlash – 1 567 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 2 207 ta
Axborot va aloqa – 898 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 1043 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 3 663 taga to‘g‘ri keldi.