07/02/2024

Joriy yilning 6-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi intervyuyeri M.To‘htamatov tomonidan uy xoʻjaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Belgilangan jadval asosida Oltiariq tumanidagi “Beruniy” MFYda istiqomat qiluvchi S.Abdullayevlar xonadonida bo‘lib, kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilayotganligi tushuntirildi hamda olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.