09/02/2024

Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Avazxonov tomonidan Farg‘ona tumani, “Bo‘ston” MFY, “Bo‘ston” ko‘chasi 189-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Egamberdiyev xonadonida 4-TJ (turar joy) tallanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.
Axborot xizmati.