16/04/2024

2024-yil 1- aprel holatiga Rishton tumani bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 362 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 657 ta
Yangi tashkil etilgan – 95 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 46 ta
Sanoatda – 349 ta
Qurilishda – 89 ta
Savdoda – 479 ta
Tashish va saqlashda – 32 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 138 ta
Axborot va aloqada – 32 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 41 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 437 ta
Xususiy korxonalar – 360 ta
Oilaviy korxonalar – 514 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 9 taga to‘g‘ri keldi.