14/06/2024

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil yanvar-aprel holatiga Farg‘ona viloyatida ko‘rsatilgan transport xizmati hajmi 1 879,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shundan, avtotransport xizmati 1 750,6 mlrd. so‘mni, jami transport xizmatlarining 93,2 %ni tashkil etadi.

Yillar kesimida ko‘rsatilgan transport xizmati hajmi:
2010-yil – 421,4
2011-yil – 567,5
2012-yil – 745,7
2013-yil – 971,0
2014-yil – 1 216,8
2015-yil – 1 455,9
2016-yil – 1 822,8
2017-yil – 1 929,7
2018-yil – 2 088,8
2019-yil – 2 435,0
2020-yil – 2 664,3
2021-yil – 3 618,6
2022-yil – 4 190,1
2023-yil - 5 091,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.