14/06/2024

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil yanvar-aprel holatiga Farg‘ona viloyati korxonalari tomonidan 10 499,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023-yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 109,3 % ni tashkil etdi.

Yillar kesimida sanoat ishlab chiqarish hajmi:
2010-yil – 3265,5
2011-yil – 4120,1
2012-yil – 4596,9
2013-yil – 5290,8
2014-yil – 6596,4
2015-yil – 7170,2
2016-yil – 8040,7
2017-yil – 9728,5
2018-yil – 13613,8
2019-yil – 18661,2
2020-yil – 21701,2
2021-yil – 27761,5
2022-yil – 30 303,5
2023-yil - 36 661,2 mlrd. so‘mgato‘g‘ri keldi.