21/06/2024

Joriy yilning 21- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 2-dekabrdagi 53-son qarorining 16-ilova 4-sanoat (JSh) choraklik kuzatuv shakli “ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar” so‘rovnomasiga Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Sanoat statistikasi” bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi D.Maksudovlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar O. Mamadaliyev, O. Atajonov va hunarmandlar A. Raximjonov, N. Kirgizboyev, K. Sotvoldiyevalarning bir kunlik ishlab chiqarish hajmlari va mahsulot turlari yuzasidan so‘rovnoma olib borildi. Olingan ma'lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.