21/06/2024

Joriy yilning 20-iyun kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Umarova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona shahriga qarashli “Jo‘ydam” MFY, Ziyokor ko‘chasi 133- xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egasiga so‘rovnomada ko‘rsatilgan savollar berilib, olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida respondentga tushuncha berildi.