26/06/2024

2024-yil 1- iyun holatiga Farg‘ona shahri bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 10 725 taga yetdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 6 555 ta
Yangi tashkil etilgan – 469 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishliq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 114 ta
Sanoatda – 732 ta
Qurilishda – 667 ta
Savdoda – 1 784 ta
Tashish va saqlashda – 253 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 507 ta
Axborot va aloqada – 215 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 282 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 3891 ta
Xususiy korxonalar – 1036 ta
Oilaviy korxonalar – 472 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 158 taga to‘g‘ri keldi.