28/06/2024

2024-yil yanvar-may oylari holatiga Marg‘ilon shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 180 korxona va tashkilotlar tomonidan 583,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 220,3 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 312,4 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 51,1 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 445,4 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 2 299,3 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 531,2 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 44,6 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 8,0 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.