28/06/2024

2024-yil yanvar-may oylari holatiga Quvasoy shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 83 korxona va tashkilotlar tomonidan 79,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 128,6 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 2,1 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 47,8 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 29,2 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 56,4 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 780,2 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 70,8 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 7,4 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 0,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.