Joriy yilning 28-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida boshqarma tarmoq hamda tuman (shahar) bo‘limlarining xodimlari ishtirokida murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan seminar tashkil etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Jismoiy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Abror Nurov hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda ijro intizomi nazoratiga oid ma’lumotlarni shakllanishtirish tartibi va uslubiyoti haqida batafsil tushuntirishlar berdi.
Tadbirda Statistika agentligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari hamda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda ijro intizomini mustahkamlash, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘RQ-445-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ-5132-son qarorida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.