28/06/2024

2024-yil yanvar-may oylari holatiga Farg‘ona shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 667 korxona va tashkilotlar tomonidan 871,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,6 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 108,7 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 651,2 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 111,9 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 539,2 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 2 702,4 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 564,3 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 204,8 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 102,4 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.