28/06/2024

2024- yil yanvar-may oylarida Farg‘ona viloyati bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 58,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mosdavriga nisbatan 18,9 %ga kamaydi va jami eksportdagi ulushi 22,8 %ni tashkil etdi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari
Rossiya Federatsiyasi - 63,9 %
Qozog‘iston - 15,9 %
Qirg‘iz Respublikasi - 10,4 %ga to‘g‘ri kelgan.