Joriy yilning 28-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijalarini muhokama qilish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi raisi o‘rinbosari Z. Ziyayev raisligida masofaviy tarzda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Yig‘ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘I X.Jo‘rayev Farg‘ona viloyati statistika organlarida faoliyatni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan kompleks o‘rganish davomida aniqlangan yutuq va kamchiliklar yuzasidan axborot berib o‘tdi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼul xodimlarga nisbatan amaldagi tartibga ko‘ra choralar ko‘rildi. Yig‘ilish so‘ngida kelgusida mazkur kamchiliklar takrorlanmasligi hamda ularni oldini olish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati.