2024-yil yanvar-may oylari holatiga Beshariq tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 57 korxona va tashkilotlar tomonidan 56,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,1 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar – 5,2 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 14,5 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 37,0 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 40,4 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 232,9 ming so‘m
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 44,1 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 11,8 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 0,8 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.