03/07/2024

2024-yil yanvar-may oylari holatiga Uchko‘prik tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 134 korxona va tashkilotlar tomonidan 89,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,2 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 1,9 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 65,1 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 22,9 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 56,5 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 371,7 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 55,4 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 34,4 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 0,2 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.