2023-yil yanvar-may oylari holatiga Rishton tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 91 korxona va tashkilotlar tomonidan 65,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,6 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 0,9 mlrd. so‘mni
Kichik va mikrofirmalar – 42,7 mlrd. so‘mni
Norasmiy sektor – 21,5 mlrd. so‘mni
Bundan tashqari:
Umumiy hajmdan yangi qurilish, rekonstruksiya va qayta qurollantirish – 42,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 299,4 ming so‘m
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 42,6 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 14,0 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 8,5 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.