05/07/2024

Barcha joylardagi kabi Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan ham joylarda aholini ro‘yxatga olish yuzasidan tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 4-iyul kuni mazkur bo‘limning yetakchi mutaxassisi M.Fazilova tomonidan Marg‘ilon shahriga qarashli “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.