2024-yil yanvar-may oylari holatiga So‘x tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 72 korxona va tashkilotlar tomonidan 30,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,5 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar – 2,0 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 17,6 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 11,0 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 16,7 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 364,0 ming so‘m
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 12,7 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 15,3 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 2,6 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.