2024-yil yanvar-may oylari holatiga O‘zbekiston tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 66 korxona va tashkilotlar tomonidan 83,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,4 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar – 5,6 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 45,9 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 31,6 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 56,3 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 350,8 ming so‘m
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 65,4 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 14,5 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 3,3 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.