08/07/2024

2023-yil yanvar-may oylari holatiga Dang‘ara tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 76 korxona va tashkilotlar tomonidan 156,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,7 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 65,4 mlrd. so‘mni
Kichik va mikrofirmalar – 71,9 mlrd. so‘mni
Norasmiy sektor – 18,8 mlrd. so‘mni

Bundan tashqari:
Umumiy hajmdan yangi qurilish, rekonstruksiya va qayta qurollantirish – 122,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 878,9 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 104,6 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 44,0 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 7,5 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.