2023-yil yanvar-may oylari holatiga Furqat tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 54 korxona va tashkilotlar tomonidan 35,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,2 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 3,9 mlrd. so‘mni
Kichik va mikrofirmalar – 13,5 mlrd. so‘mni
Norasmiy sektor – 18,0 mlrd. so‘mni
Bundan tashqari:
Umumiy hajmdan yangi qurilish, rekonstruksiya va qayta qurollantirish – 18,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 278,2 ming so‘m
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 29,5 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 5,0 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 0,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.