2024-yil yanvar-may oylari holatiga Quvasoy shahrining chakana savdo aylanmasi hajmi 199,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,4 %ni tashkil etdi.
Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 1 970,4 ming so‘m
Uyushmagan savdo aylanmasi – 20,2 mlrd. so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 4,7 mlrd. so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmas – 5,1 mlrd. so‘m
Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 219,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.