16/07/2024

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2024-yil yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 888,3 mlrd. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 6,0 % ini) tashkil etadi. 2024-yilning yanvar-may oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 303,5 mlrd. so‘mga ko‘payganligi kuzatildi.