2024-yil 1-iyul holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 38,0 mingtani tashkil etdi (ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 31,6 mingta). O‘tgan yilning mos davriga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sonining o‘sishi 90,4 foizni (jumladan, kichik korxona va mikrofirmalar 88,2 foiz) tashkil etdi.