23/07/2024

Mamlakatimizmda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishda uy xojaliklari tanlanma kuzatuvlarining orni kattadir. Shu bois joriy yilning 23-iyul kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Umarova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Quvasoy shahridagi “Zebuniso” MFYda istiqomat qiluvchi A.Nuraliyevlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.