31/07/2024

2024–yilning yanvar–iyun oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 10149,8 mlrd. so‘mni yoki 2023–yilning mos davriga nisbatan 105,7 %ni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 57,4 %ni tashkil qildi.
2024–yilning yanvar–iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonida 694,6 ming t. don yetishtirildi. Don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 94,3 %i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.