O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining 2024-yil 18-iyuldagi 156- son buyrug‘iga asosan1-30 avgust kunlari Farg‘ona viloyati bo‘yicha tanlab olingan 18 351 ta dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. Shu bois Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev mazkur jarayonlarni kuzatish maqsadida Farg‘ona tumani ”Tinchlik” MFYda bo‘ldi. So‘rovnomada berilgan barcha ma’lumotlar intervyuyerlar S.Avazxonov va A.Aminjonovlar tomonidan shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Kuzatuvda bevosita tuman statistika bo‘limi boshlig‘i J.Xasanov, ”Tinchlik” MFY raisi T.Xomidov, hokim yordamchisi Y.Ismoilovlar qatnashdilar.
Axborot xizmati.
01/08/2024