Yuqorida aytib o'tilganidek mamlakatimizning barcha joylarida tomorqa xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prrezidenti huzuridagi statistika Agentligining 2024-yil 18-iyuldagi 156- son buyrug‘iga asosan avgust oyi davomida Farg‘ona viloyati bo‘yicha tanlab olingan dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. Shu bois Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari F.Yakubov, ”Qishloq xojaligi va ekologiya statistikasi” bo'limi boshlig'i A.Akbarovlar mazkur jarayonlarni kuzatish maqsadida Toshloq tumani ”Toshloq” MFYda bo‘ldilar. Intervyuyerlar M.Axrorov va A.Tursunboyevlar tomonidan so‘rovnomada berilgan barcha savollarga olingan javoblar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Kuzatuvda ”Toshloq” mahalla fuqarolar yig'ini faollari ham qatnashdilar.