Mamlakatimizning barcha joylaridagi kabi Farg‘ona viloyati bo‘yicha ham tanlab olingan dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Shu bois Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov hamda Oltiariq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i E.Normatovlar mazkur jarayonlarni kuzatish maqsadida Oltiariq tumaniga qarashli ”Beglar” MFYda bo‘ldilar. Intervyuyerlar A.To‘lqinov va Z.Musayevlar tomonidan so‘rovnomada ko‘rsatib o‘tilgan barcha savollarga olingan javoblarni shakllantirib, joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlarini amalga oshirdilar. Kuzatuvda ”Beglar” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ham ishtirok etdilar.
Axborot xizmati.