Barcha joylardagi kabi Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan ham joylarda aholini ro‘yxatga olish yuzasidan tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 2-avgust kuni mazkur bolim boshlig‘I A.Abdurazakov tomonidan Bag‘dod tumaniga qarashli “Bekobod” va “Konizar mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahallalarning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.