Mamlakatimizmda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishda uy xojaliklari tanlanma kuzatuvlarining orni kattadir. Shu bois joriy yilning 5-avgust kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Umarova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona shahridagi “ Istiqbol ” MFYda istiqomat qiluvchi G.Yusupovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.