06/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 62,2 %i – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,2 %i – o‘simtalardan, 5,4 %i – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 6,2 %i – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,0 %i – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 0,8 %i – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 12,2 %i boshqa kasalliklardan vafot etganlar.