Joriy yilning 7- avgust kuni Fasrg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida STATA MP 18.0 dasturidan foydalanishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarmaning "Raqamlashtirish va ma`lumotlarni saqlash markazi" mutaxassislari tomonidan STATA MP 18.0 dasturining imkoniyatlari, dasturlar paketi va ish jarayonida qo'llaniladigan buyruqlar ketma-ketligi haqida batafsil tushunchalar berildi. Seminar davomida STATA MP 18.0 dasturi yordamida statistik hisobotlarni tayyorlash oson hamda qulay ekanligi, dasturning boshqa foydali jihatlari va uning interfeysi haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.