08/08/2024

 2024-yilning yanvar-iyun oylarida Farg‘ona viloyati bo‘yicha 10575,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning72,0 %i yoki 7616,3mlrd. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 28,0 % yoki 2 959,1mlrd. so‘m moliyalashtirildi. Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2023-yildagi ulushiga nibatan 8,8 % punktga kamaydi, 6,4 %ni yoki 679,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 9896,4mlrd. so‘myokijami investitsiyalarning 93,6 % o‘zlashtirilib, 2023- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,8 %punktga ko‘paydi.