08/08/2024

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Farg‘ona viloyatida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 1860,2mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 17,6 %ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 1098,9 mlrd. so‘m o‘zlashtirildi yoki 17,6 %ini tashkil etdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 4436,8 mlrd. so‘m bilan 41,9 %ni tashkil etdi, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 519,1 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 4,9% ini tashkil etib, kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 1981,4 mlrd. so‘m bilan 18,7 %ni tashkil etdi.