Joriy yilning 7- avgust kuni Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Abdurahimova tomonidan Uchko‘prik tumani, “Boboshbek” MFY, “Yangi obod” ko‘chasi, 40- xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.
Axborot xizmati.
08/08/2024