O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 18-iyuldagi 156- son buyrug‘iga asosan1-30 avgust kunlari Farg‘ona viloyati bo‘yicha tanlab olingan 18 351 ta dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. Shu bois O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Abdullayev mazkur jarayonlarni o'tkazish maqsadida O‘zbekiston tumani ”Yaypan guzari” MFYda bo‘ldi. So‘rovnomada berilgan barcha ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.