12/08/2024

Mamlakatimizmda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishda uy xojaliklari tanlanma kuzatuvlarining orni kattadir. Shu bois joriy yilning Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona tumanidagi “Yuqori Archa” MFYda so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.