13/08/2024

 Joriy yilning 12-avgust kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi M.Toxtamatov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Oltiariq tumanidagi “Farovon” MFYda istiqomat qiluvchi M.Ismoilovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Eslatib otamiz, mazkur kuzatuv mamlakatimizmda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladi.