Joriy yilning 9-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov so‘zga chiqib, kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 05-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 07-avgustdagi “Probatsiya to‘g‘risida ”gi O‘RQ-938-son Qonunlarining mazmun – mohiyati va ahamiyatini bo‘yicha ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida qonunga ko‘ra, fuqarolar 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlarni, 2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarni, “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlarni, 2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yerni, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yerni, kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yerini, davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yerni, hokim qarori bilan mulk huquqi e’tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkalarni ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkinligi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari, ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular er boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi, er uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi, er va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi, muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi, bosh reja talablariga zid emasligi, har bir kategoriyaga xos boshqa shartlarga javob berishi lozim. Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi berilishida 1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha, 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda bo‘lsa. Huquqlarni e’tirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan Kadastr agentligi avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha 6 xil turdagi birlamchi ma’lumotlarni kiritilishi, 10 ta vakolatli organ har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z vakolatidagi ma’lumotlarni tizimga kiritishi, tizimda shakllantirilgan elektron yig‘ma jild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda e’lon qilinishi, to‘plangan hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan o‘rganib chiqilishi va ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuborilishi shu va boshqa ma’lumotlar boyicha atroflicha tushuncha berildi.