13/08/2024

Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi M.Abdurasulova tomonidan Qo‘shtepa tumani, “Langar” MFYda istiqomat qiluvchi Q.Hojimatovlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.


Axborot xizmati.